速報APP / 音樂與音效 / G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari

G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari

價格:免費

更新日期:2018-11-30

檔案大小:47M

目前版本:1.0

版本需求:Android 4.1 以上版本

官方網站:mailto:wsmedia18@gmail.com

Email:https://telegra.ph/Privacy-Policy-11-30-8

G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari(圖1)-速報App

Yoqubov G’ulomiddin Toshpo’latovich (1950.01.03, Toshkent) - xonanda, O’zbekiston (1987) va Qoraqalpog’iston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973-1974), O’zbek davlat filarmoniyasi (1967-1968 va 1974 yildan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, jarangdor va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional ko’tarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, go’zallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qo’shiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qo’shiqlari ommaviylashgan: «Zilola», «Sen o’zing», «Qaraysan», «Oshiqnoma» va boshqalar. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uyg’ur va boshqalar) qo’shiqlari, shuning’dek, «Segoh», «Dugoh», «Guluzorim», «Feruz I-II» kabi o’zbek mumtoz ashulalar o’rin olgan.1990- yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qo’shiqchiligi uslubida ijod etmoqda: «Dilorom», «Begoyim», «Qomat», «Ketolmaysan», «Elim deb», «Xush kelding, muborak sarvarim Navro’z» va boshqalar. Ba'zi qo’shiqlar kuylarini Yoqubov G’ulomiddin o’zi yaratgan: «Muhabbat», «Unutilmasin», «Majnuntol», «O’ylasam», «Sening kulishlaring», «Parvardigor asrasin», «Bir qarasam» va boshqalar. «Majnuntol» gramplastinkasi «Melodiya» gramyozuv firmasining «Oltin disk» mukofotiga sazovor bo’lgan (1985). «Do’stlik» (1996), «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Ushbu ilovada G`ulomjon Yoqubovning:

- Dilorom 2

- Ey dil

- Ichaman

- Layli

G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari(圖2)-速報App

- Muhabbat

- Ona

- Qalbimni qaytar

- Qizg`ondim sizni

- San mani

- Sevarmiding

G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari(圖3)-速報App

- Shohista

- Shoshma

- Sog`inganimda

- Umr o`tar vaqt o`tar

- Vatan

- Vo ajab

G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari(圖4)-速報App

- Yillar o`tar

- Yorimey

- Zang nomli taronalari joy olgan.

G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari(圖5)-速報App